Sport | 09:33 / 24.09.2015
1746
3 daqiqa o‘qiladi

Italiya A seriyasining 5-turidan keyin "Inter" turnir jadvalidagi peshqadamlikni davom ettirmoqda

23 sentabr kuni Italiya chempionatining 5-turi davom ettirildi.

Dastlab “Roma” safarda “Sampdoriya“ga mag‘lub bo‘ldi. O‘yindagi gollardan biri "Roma" himoyachisi Manolas nomiga avtogol sifatida yozildi.

Sampdoriya – Roma 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 50 Eder, 1:1 – 69 Salax, 2:1 – 85, avtogol Manolas. 

“Inter” esa ketma-ket beshinchi g‘alabasini tantana qildi. “Verona”ga qarshi o‘yinda 56-daqiqada Felipe Melo tomonidan urilgan yagona gol natijada Manchini shogirdlariga g‘alaba keltirdi.

Inter – Verona 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 56 Melo. 

“Yuventus” o‘z maydonida chempionat debyutanti “Frozinone”ni yenga olmadi. 50-daqiqada Zaza hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqada Blankard muvozanatni tikladi.

Yuventus – Frozinone 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 50 Zaza, 1:1 – 90 Blankard.

Qolgan natijalar bilan quyida tanishish mumkin

Italiya chempionati, 5-tur.

Karpi – Napoli 0:0 (0:0, 0:0)
Karpi – Benussi (Brkich, 29), Romanoli, Bubnich, Letitsia, Dzakkardo, Fedele, Silva, Kofi, Lollo, Rider Matos (Lazanya, 89), Mbakogu (Borrello, 68).
Napoli – Reyna, Albiol, Gulyam, Xyusay, Kulibali, Gamshik (Kalexon, 84), Valdifori (Frello, 61), Mertens (Gabbyadini, 68), Allan, Insine, Iguain.
Ogohlantirishlar: Valdifori (7), Romanoli (9), Dzakkardo (13), Mertens (43), Kulibali (57), Kofi (77).

Kevo – Torino 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 75 Kastro.
Kevo – Bizarri, Daynelli, Kachchatore (Gobbi, 66), Frey, Tsesar, Kastro, Pintsi, Birsa (Rigoni, 80), Xetemay, Pellisse (Medjorini, 55), Paloski.
Torino – Padelli, Glik, Moretti, Molinaro, Bovo, Vives, Akkua, Martines (Belotti, 69), Bazelli (Bennasi, 80), Bruno Peres (Tsappakosta, 80), Kualyarella.
Ogohlantirishlar: Bruno Peres (15), Pintsi (16), Akkua (72), Kastro (81), Gobbi (85), Bovo (87).

Fiorentina – Bolonya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 71 Blashchikovski, 2:0 – 82 Kalinich.
Fiorentina – Teterushanu, Rodriges, Alonso, Ronkalya, Astori, Vesino, Badel, Valero (Fernandes, 85), Blashchikovski, Rebich (Ilichich, 79), El-Babakar (Kalinich, 56).
Bolonya – Mirante, Rossettini, Ikonomu, Masina, Pulgar, Ritstso (Akvafreska, 81), Diavara, Mune (Briyentsa, 64), Taider (Falko, 76), Ferrari, Destro.
Ogohlantirishlar: Diavara (43), Masina (70), Rebich (76).

Latsio – Jyenoa 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 35 Jorjyevich, 2:0 – 62 Felipe Anderson.
Latsio – Marketti, Maurisio, Xentiletti, Basta, Lulich, Kataldi, Felipe Anderson (Mauri, 83), Parolo, Milinkovich-Savich (Morrison, 83), Kishna, Jorjyevich (Keyta, 78).
Jyenoa – Lamanna, De Meo, Burdisso, Markeze, Sissoko, Taxtsidis (Djyemaili, 46), Laksalt, Ntcham (Kapel, 46), Rinkon, Perotti (Figeyrash, 58), Pandev.
Ogohlantirishlar: Kataldi (25), Markeze (37), Maurisio (42), Sissoko (53), Xentiletti (64), Milinkovich-Savich (76), Figeyrash (77).
Chetlatishlar: Sissoko (56), Pandev (85).

Palermo – Sassuolo 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 35 Flokkari.
Palermo – Kolombi, Gonsales, El-Kautari, Lazaar, Struna, Vaskes, Xilemark (Traykovski, 46), Yayalo (Mareska, 56), Rigoni, Rispoli (Kvayson, 69), Djilardino.
Sassuolo – Konsili, Kannavaro, Gatstsola, Vrsalko, Acherbi, Missiroli, Manyanelli, Politano (Berardi, 65), Bondini (Dankan, 78), Sansone, Flokkari (Defrel, 73).
Ogohlantirishlar: Missiroli (31), Rigoni (43), Vrsalko (60), Acherbi (68), Kannavaro (72), Bondini (77), Manyanelli (83).
Chetlatish: Rigoni (85).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish