Jahon | 10:07 / 24.09.2015
2161
1 daqiqa o‘qiladi

Jon Kerri musulmonlarni Qurbon Hayiti bilan tabrikladi va qochqinlarga yordam ko‘rsatishga chaqirdi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri musulmonlarni Qurbon Hayiti bilan tabrikladi. Tabrik chog‘ida u barchani qochqinlarga g‘amxo‘rlik qilishga chaqirdi.

“Bu omadi kelmagan, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Janubiy Osiyodagi zo‘ravonlikdan qochishga majbur bo‘layotgan odamlarga xayr va yordam qilish vaqtidir”, - deyiladi Kerrining murojaatida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, “ushbu muqaddas kunlarning asl ruhi insonlarga, dinidan qat'i nazar, gumanitar yordam ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish