Jahon | 12:14 / 24.09.2015
2002
1 daqiqa o‘qiladi

"Lukoyl" Rossiyadagi 200ta yirik xususiy kompaniya ro‘yxatida yetakchilikni saqlab qoldi

Asosiy aksioneri milliarder Vagit Alekperov bo‘lgan "Lukoyl" kompaniyasi ketma-ket uchinchi yildirki, "Rossiyaning 200ta eng yirik xususiy kompaniyasi" reytingida birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Mazkur ro‘yxat Forbes`ning Rossiyadagi nashri tomonidan tuzilib, rasmiy saytida e'lon qilindi.

US GAAP bo‘yicha "Lukoyl" daromadi 2014 yilda 4749,2 mlrd rublni tashkil etdi.

Reytingda ikkinchi o‘rinni "Surgutneftegaz" (890,57 mlrd rubl) egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni "Magnit" (763,5 mlrd rubl) riteyleri yakunladi.

Birinchi o‘ntalikdan "Tatneft" va "Bashneft" neft, "Yevraz" va "Norilskiy nikel" metallurgiya kompaniyalari ham o‘rin egalladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish