Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Putin BMTga tashrifi paytida Obama bilan uchrashadi
AQSh va Rossiya prezidentlari keyingi haftada BMTda uchrashadilar, deb TASS axborot agentligiga xabar berdi vaziyatdan xabardar manba.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh assambleyasining 70-yubiley sessiyasida ishtirok etadi hamda 28 sentabrda umumsiyosiy muzokaralar doirasida nutq so‘zlaydi.
Oq uy Obama va Putin uchrashishi haqidagi xabarni hozircha tasdiqlamadi.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin BMTga tashrifi davomida BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashishini ma'lum qilgan edi.
Peskov Putin boshqa uchrashuvlarni o‘tkazishni rejalashtirayotganini, xususan Obama bilan, aniqlashtirish yuzasidan berilgan savolga bunday uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi haqidagi ma'lumot tasdiqlanishi bilanoq tegishli axborot taqdim qilinishini aytdi.