Jahon | 20:25 / 24.09.2015
2864
2 daqiqa o‘qiladi

Patriarx Kirill: Moskva musulmonlarga birodarlarcha munosabatda bo‘ladi

Patriarx Kirill birgina Moskvaning o‘zi islom davlatlaridan butun G‘arbiy Yevropa qabul qilayotgandan ko‘proq qochqinlarni qabul qiladi, deb aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

“O‘z hududida qochqinlarning paydo bo‘lganidan asabiylashayotgan G‘arbdan farqli ravishda, biz Moskvaning o‘zida hozir butun Yevropa qabul qilayotgandan ko‘ra ancha ko‘proq musulmonlarni qabul qilamiz. Biroq buni dunyoda hech kim bilmaydi, chunki bizda hech qanday sarosima, politsiya, hech qanday ko‘zni achishtiruvchi gazlar, to‘qnashuvlar yo‘q”, deb aytdi patriarx Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashuvi davomida.

“Bizda pravoslavlar musulmonlarga hurmat bilan, sabr-toqatlik va birodarlarcha munosabatda bo‘lishi uchun muhit yaratiladi”, deb ta'kidlab o‘tdi patriarx Kirill.

Rus patriarxi “Rossiya dinlararo nizolar haqiqatda yo‘q bo‘lgan noyob davlatdir” deb aytdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish