Jahon | 22:32 / 24.09.2015
6520
1 daqiqa o‘qiladi

Peskov Obama va Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tishini tasdiqladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tishini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.Ru” nashri.

Uchrashuv 28 sentabrga belgilandi. Prezidentlarning muzokaralari BMT Bosh assambleyasi sessiyasi davomida bo‘lib o‘tadi.

Shu kuni Putin Bosh assambleyada nutq so‘zlaydi va BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashadi va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi. Putin Obama bilan uchrashishdan oldin Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan ham uchrashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish