Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rospotrebnadzor 21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol mahsulotlari sotishni taqiqlovchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi
Rossiya Federatsiyasi sanitariya-epidemiologiya xizmati (Rospotrebnadzor) 21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol ichimliklarini sotishni taqiqlash tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda federal xizmat xabar qildi.
“Inson salomatligi va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha nazorat federal xizmati 21 yoshdan kichik shaxslarga alkogol mahsulotlarini sotishni cheklashga qaratilgan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi”, - deyiladi xabarda.
Muassasa asosiy e'tiborni o‘smirlar va tug‘ruq yoshidagi ayollarga pivo mahsulotini sotishni cheklashga qaratgan.
«33 foiz o‘smirlar va 20 foiz ayollar har kuni yoki kunora alkogol ichimliklari (jumladan, pivo) iste'mol qiladi», — deyiladi muassasa xabarida.