Jahon | 02:34 / 24.09.2015
6397
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadan O‘zbekistonga oltin rudasi o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ekstraditsiya qilindi

Moskva viloyatidan O‘zbekistonga qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqaro Javlonbek Ismatov ekstraditsiya qilindi.

Ismatov 2012-2014 yillarda sheriklari bilan birga qattiq qo‘riqlanuvchi “Qorakuton” oltin kareriga kirib, u yerdan oltin saqlovchi ruda o‘g‘irlab yurgani uchun O‘zbekistonda qidiruvga berilgan.
Jinoyatchilar o‘g‘irlangan rudani qayta ishlab, undan oltin olishgan hamda keyinchalik uni sotishgan.

Jinoiy guruh hammasi bo‘lib 2,8 mlrd so‘mlik oltin rudasi o‘g‘irlagan.

“Olingan pul mablag‘larini qonuniylashtirish maqsadida jinoyatchi avtomobillar, yer maydonlari, kvartiralar sotib olgan va ularni boshqa odamlar nomiga rasmiylashtirgan”, deb ma'lum qilinmoqda Moskva viloyati prokuraturasi matbuot xizmatida.

Tergov ma'lumotiga ko‘ra, Ismatov, shuningdek, o‘tgan yilning sentabrida O‘zbekistonda restoranda mijozlarni qattiq do‘pposlagan.

Ismatov jinoiy javobgarlikdan qochish maqsadida Rossiyada berkinib yurgan. Jinoyatchi mart oyida Moskva viloyatining Odintsovo tumanida qo‘lga olingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish