Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina aviakompaniyasi javob sanksiyalaridan keladigan zararni hisoblab chiqdi
Rossiya tomonidan javob sanksiyalarining joriy qilinishi natijasida Ukraina aviatorlari ko‘radigan zarar miqdori yiliga 42 mln dollarni tashkil qilishi mumkin. Bu raqam “Ukraina xalqaro aviayo‘nalishlari” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan oshkor qilindi.
RBK-Ukrainaning kompaniya matbuot xizmatiga tayanib ma'lum qilishicha, Kiyevdan Moskva, Sankt-Peterburg va Kaliningradga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshirish man qilingan taqdirda kompaniya zarari 19.6 mln dollarni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, sanksiyalar joriy qilingan taqdirda kompaniya bekor qilingan reyslardan 5.8 mln dollar yillik daromadidan mahrum bo‘ladi. Samolyotlarning uchmay turishidan ko‘riladigan zarar 10.2 mln dollarni tashkil qiladi.