Jahon | 11:29 / 25.09.2015
2070
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik turistlar Malayziyada terakt ehtimoli borligidan ogohlantirildi

AQSh va Avstraliyaning Malayziyadagi elchixonalari o‘z fuqarolarini mamlakat poytaxtida terakt sodir etilishi mumkinligidan ogohlantirdi, deb xabar beradi AR agentligi.
AQSh elchixonasi tarqatgan murojaatnomada turistlar Kuala-Lumpur markazidagi Alor ko‘chasiga bormaslikka chaqirildi.

Shunga o‘xshagan murojaatnoma Avstraliya diplomatik korpusi tomonidan ham tarqatildi.
Murojaatnomalarda terrorchilar o‘z harakatlarini muhim sanalar bilan bog‘lashi mumkinligi ta'kidlangan holda, bularning qaysilari ekanligini ochiq aytilmadi.

Oxirgi 2 yilda Malayziyada IShIDning 100 tarafdori qo‘lga olindi. Ularning ayrimlari teraktlarga tayyorlanishda ayblanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish