Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donetskning Torezadagi poligonida tank biatloni paytida portlash sodir bo‘ldi
Donetsk xalq respublikasining Torezadagi poligonda tank biatloni bo‘layotgan paytda noma'lum qurilmaning portlashi oqibatida bir bola halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
“24 sentabrda Torezadagi poligonda ko‘rgazma maydonchasida tank ekipajlari o‘rtasida musobaqa o‘tkazilayotgan paytda noma'lum qurilma portladi. Oqibatda bir bola halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralandi”, deb aytmoqda DXR favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili.
Portlash holatini DXR FVV vaziri Aleksey Kostrubitskiy tasdiqladi. U voqea tafsilotlari o‘rganilayotganini ma'lum qildi. Teraktga aloqadorlarning shaxsi o‘rnatilmoqda, mas'uliyatsizlik tufayli qo‘poruvchilik harakatining amalga oshirilishiga imkon berganlik uchun amaldor shaxslar so‘roq qilinmoqda.