Jahon | 08:41 / 25.09.2015
5479
1 daqiqa o‘qiladi

Eronning oliy diniy yetakchisi Makkadagi fojialarda Saudiya Arabistoni hukumatini aybladi

Eronning oliy diniy yetakchisi Oyatulloh Ali Homayniy Makkada Qurbon hayitining birinchi kuni sodir bo‘lgan fojiada Saudiya Arabistoni hukumatini aybladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi. 

“Saudiya Arabistoni hukumati bu ayanchli fojia uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak. Nooqilona va yovuzkorona harakatlar bu fojiani keltirib chiqardi”, deb aytdi oyatulloh.

Eronning IRNA nashri ma'lumotlariga ko‘ra, tiqilinch paytida halok bo‘lganlar orasida 131 eronlik fuqaro bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish