Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 14:59 / 25.09.2015
4308
1 daqiqa o‘qiladi
Makkadagi tiqilinchlikda 131 eronlik ziyoratchi halok bo‘ldi
Makka shahrida ro‘y bergan tiqilinchda halok bo‘lganlarning 131 nafari eronlik ziyoratchilar ekanligini ma'lum bo‘ldi. Bu haqda IRNA agentligi xabar bermoqda.
Eron ziyorat ishlari bo‘yicha agentligi rahbari Said Uhadiyning aytishicha, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi Nigeriya, Hindiston va Pokiston vakillaridir.
Shuningdek, Uhadiy Saudiya shifoxonalariga eronlik shifokorlar qo‘yilmayotganidan nolidi. Ta'kidlanishicha, ko‘pgina yaradorlar haligacha voqea joyida yordamga muhtoj yotibdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish