Jahon | 15:14 / 25.09.2015
7055
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Bag‘dodda rossiyalik harbiylar faoliyat boshladi

Fox News nashrining yozishicha, Bag‘dodda rossiyalik harbiylar faoliyat boshladi.

Ilgariroq Iroq poytaxtida Eron, Rossiya va Suriyaning birlashgan muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi tuzilgani xabar qilingan edi. Endilikda, ma'lum qilinishicha, Bag‘dodga rossiyalik harbiylar va zobitlar tashrif buyurib, tashkiliy ishlarni boshlab yuborgan.

AQSh razvedkasining ma'lum qilishicha, bu yerda rossiyalik harbiylar Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan shia ko‘ngillilari bilan aloqaga chiqishga urinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish