Jahon | 19:30 / 25.09.2015
13936
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Makkadagi fojia sababi Saudiya shahzodasining tashrifi bo‘lgan

Saudiya qiroli Muhammad bin Salmonning tashrifi Makkada 717 kishining hayotini olib ketgan tiqilinchlikka sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi Livanning ad-Diyar nashri.
Shahzoda korteji Mino yaqiniga fojiadan bir muddat oldin kelgan edi. Bu esa olomonning to‘planishiga sabab bo‘lgan. Natijada tiqilinchlik kelib chiqqan.
Rasmiy ar-Riyod bu axborotni inkor qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish