Jahon | 10:27 / 25.09.2015
2534
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Stiven Sigal Rossiyada o‘z biznesini ochishi mumkin

AQShlik aktyor Stiven Sigal Rossiyada prodyuserlik kompaniyasini ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter nashri. Qayd etilishicha, bu loyiha rossiyalik hamkorlar bilan qo‘shma korxona sifatida tashkil etilishi kerak.

Sigal Rambler nashriga Rossiyada unga o‘zining idoralarini ochish taklifi bildirilganligini ma'lum qildi, biroq u aynan hamkorlikdagi biznesni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Sigal ushbu oyda Rossiyaga tashrif buyurib, Rossiyaning Uzoq Sharqida “Yo‘lbars kuni” ekologik bayramida ishtirok etmoqchi. Bu haqda Primore o‘lkasi ma'muriyatining saytida ma'lum qilindi. Ushbu tadbir noyob hayvonlarni qo‘riqlashga bag‘ishlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish