Jahon | 07:51 / 25.09.2015
5282
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Putin bilan Ukraina va Suriyadagi vaziyatlarni muhokama qilmoqchi

AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi chog‘ida Ukraina va Suriyadagi vaziyatlarni muhokama qilmoqchi. Bu haqda Obama ma'muriyatidagi yuqori lavozimli amaldor shaxsga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

“Bizning Moskva bilan kelishmovchiliklarimizga qaramay, Ukraina va Suriyadagi vaziyatni hisobga olib, ruslar bilan oliy darajadagi muzokaralarda bu masalalarda progressga erishish uchun bu imkoniyatdan foydalanmaslik mas'uliyatsizlik bo‘lardi”, deb aytdi amaldor.  

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, suhbatning asosiy mavzusi Minsk kelishuvlarining bajarilishi bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish