Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 23:47 / 25.09.2015
2462
1 daqiqa o‘qiladi
Platini FIFAdagi korruptsion ish bo‘yicha so‘roq qilindi
UYeFA prezidenti Mishel Platini Shveytsariya hukumati tomonidan FIFAdagi korruptsion ish bo‘yicha so‘roq qilindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Platini FIFA prezidenti Yozef Blatterga qarshi olib borilayotgan tergovda guvoh sifatida so‘roq qilingan.
FIFA prezidenti Blatter Platiniga noqonuniy tarzda 2 mln shveysar franki o‘tkazib berganlikda gumon qilinmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish