Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzon Qodirov Moskva jome' masjidiga Muhammad rasulullohning sochlarini sovg‘a qilmoqchi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov yangi Moskva jome' masjidiga Muhammad rasululloh (s.a.v.)ning sochlarini sovg‘a qiladi, deb xabar bermoqda Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi.
“Zirhlangan oyna bilan himoyalangan maxsus idishga solingan muborak soch alohida tantanalar munosabati bilan masjidga tashrif buyuruvchilar e'tiboriga havola etiladi”, deyilmoqda boshqarmada.
Qayd etilishicha, yangi masjidning ochilishida ishtirok etgan Ramzon Qodirov shaxsan o‘zi Muhammad (s.a.v.)ning sochlarini Moskvaga yetkazadi.
Moskva jome' masjidi 10 yil davomida rekonstruksiya qilindi. Ushbu ishlar homiylar hisobiga amalga oshirildi. Qayd etilishicha, 6-qavatli masjid bir vaqtning o‘zida 10 minggacha dindorni o‘z ichiga sig‘dira oladi.