Jahon | 19:41 / 25.09.2015
2165
1 daqiqa o‘qiladi

Slovakiyada mamlakat tarixidagi eng yirik NATO o‘quvlari o‘tkazildi

Slovakiyada mamlakat tarixidagi eng yirik NATO o‘quvlari o‘tkazildi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
O‘quvlar bugun Lesht poligonida yakunlandi. “Slovakiya qalqoni 2015” nomini olgan mashg‘ulotlarda NATO bilan hamkorlikda mahalliy harbiylar chegaralar mudofaasi bo‘yicha mashqlar o‘tkazdi.
O‘quvlar doirasida Germaniya va Vengriya orqali Slovakiyaga AQSh armiyasining 2-motoo‘qchi polki olib kelindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish