Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy aviakompaniyasi yo‘lovchilarga “super Oy” ko‘rinadigan reyslarni taklif qildi
Xitoyning Spring Airlines loukosteri yo‘lovchilarga super Oy ko‘rinadigan reyslarni taklif qildi. Aytilishicha, kompaniya 26-28 sentabr kunlari jami 100ta mana shunday reyslarni amalga oshiradi.
The Daily Mail nashrining ta'kidlashicha, shimoliy Xitoy yo‘lovchilari bu manzaradan bahramand bo‘lish uchun samolyotning chap bortida joylashgan o‘rindiqlarga, janubiy viloyatlar yo‘lovchilari esa o‘ng bortdagi o‘rindiqlarga chipta olishi zarurligini eslatib o‘tdi.
Super Oy – bu Yer va Oyning maksimal yaqinlashish vaqti bo‘lib, bu paytda Oy odatdagidan 14 foizga yirikroq ko‘rinadi. Shu kunning o‘zidayoq Yer Quyosh va Oy o‘rtasidan o‘tadi, buning natijasida oy tutilishi ham kuzatiladi.