Jahon | 17:09 / 25.09.2015
2249
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy elchisi bilan O‘zbekiston-Xitoy uchrashuvlarining jadvali va kun tartibi muhokama qilindi

2015 yilning 25 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Sun Lijie bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning amaliy masalalari, jumladan turli darajadagi bo‘lajak O‘zbekiston-Xitoy uchrashuvlarining jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish