Jahon | 10:45 / 26.09.2015
2998
1 daqiqa o‘qiladi

Aleksandr Lukashenko 10 yil davomida birinchi bor AQShga tashrif buyuradi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 26 sentabrda o‘zining AQShga ishchi safarini boshlaydi. U AQShda 29 sentabrgacha bo‘ladi, deb xabar berilmoqda Lukashenko rasmiy saytida.

“Prezident BMT sammitining barqaror rivojlanish bo‘yicha tadbirlarida ishtirok etadi. Uning yakunlariga ko‘ra 2015 yildan keyingi davrda rivojlanish sohasidagi xalqaro kun tartibi qabul qilinadi. Aleksandr Lukashenko Sammitning yalpi yig‘ilishida bu sohadagi o‘z milliy pozitsiyalarini bayon etadi”, deb aytilmoqda xabarda.

Lukashenko boshqa davlatlar yetakchilari, BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun hamda BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Riyod al-Husayn bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish