Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Xitoy Si Tszinpinning Vashingtonga davlat tashrifiga yakun yasadi
Xitoy yetakchisi Si Tszinpinning Vashingtonga tashrifi AQSh va Xitoy o‘rtasida bir qator hujjatlarning qabul qilinishi va yetakchilarning Oq uyda bergan qo‘shma matbuot-anjumani bilan yakunlandi.
Ikkala yetakchi o‘zaro hamkorlikka yuqori baho berdilar, biroq kelishmovchiliklarning saqlanib qolayotganini yashirib o‘tirmadilar.
Barak Obama muzokaralar oldidan Vashington va Pekin “keyingi yuz yillik taqdirini belgilash kabi tengsiz imkoniyatga ega ekanliklarini” ta'kidlab o‘tdi.
Si Tszinpin bunga javoban oddiyroq masalalarni hal qilishni, ya'ni “yirik davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning yangi modeli” negizida “Xitoy-AQSh munosabatlari tarixida yangi bo‘limni yozishni” taklif qildi.
Matbuot-anjumanida amerikalik jurnalistlarni AQSh ichidagi muhim siyosiy yangilik, ya'ni AQSh kongressi quyi palatasi spikeri lavozimidan Jon Beynerning ketayotganigina qiziqtirdi. Xitoylik jurnalistlar esa faqatgina ikki tomonlama munosabatlar haqida savollar berishdi.
Shuning uchun boshqa xalqaro temalar, jumladan AQSh va Rossiya prezidentlarining uchrashuvi, Suriyadagi vaziyat umuman esga olinmadi.
AQSh-Xitoy sammiti yakunlariga ko‘ra, Oq uy ikki davlat yetakchisining iqlimning o‘zgarishi muammosi bo‘yicha qo‘shma bayonoti va uchta ma'lumotnomani tarqatdi. Ma'lumotnomalardan birinchisi Xitoy yetakchisining safari yakunlariga, ikkinchisi iqlimga, uchinchisi esa AQSh-Xitoy iqtisodiy munosabatlariga bag‘ishlandi.