Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:41 / 26.09.2015
4367
1 daqiqa o‘qiladi
Armaniston Ozarbayjonni o‘z hududiga raketa uchirganlikda aybladi
Ozarbayjon hududidan uchirilgan raketa Armanistonga kelib tushishi natijasida 4 arman askari halok bo‘lgan. Bu haqda "Novosti Armenii" xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 25 sentabr kuni, mahalliy vaqt bilan soat 17:30da Ozarbayjon harbiylari artilleriya orqali uchirgan TR-107 nomli raketa qurilmasi Armanistonning shimoli-sharqidagi harbiy qismlar joylashgan nuqtaga kelib tushgan.
Xabarda qayd etilishicha, buning natijasida 4 nafar askar halok bo‘lishidan tashqari, jarohatlanganlar ham bor.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish