Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Saudiya Arabistonini hajdagi tiqilinchdagi fojiada ayblashni noto‘g‘ri deb hisoblamoqda
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an haj paytida Mino vodiysida yuz began fojiada barcha aybni Saudiya Arabistoni hukumati zimmasiga yuklashni noto‘g‘ri deb hisoblamoqda. Bu haqda Erdo‘g‘an mahalliy jurnalistlarga aytdi.
“Saudiya Arabistoni hajni tashkillashtirish qoidalarini doimo kuchaytirib boradi. U muntazam ravishda bu borada yangi loyihalar qabul qiladi. Men ushbu fojiadagi barcha aybni Saudiya Arabistoni hukumati zimmasiga qo‘yishni noto‘g‘ri deb hisoblayman. Ishonamanki, hukumat zarur choralarni ko‘radi”, deb aytdi Erdo‘g‘an.
“U yerda sarosima bo‘lgan. Bunday ulkan ishlarni tashkillashtirish oson ish emas, chunki Makkada bir vaqtning o‘zida 4 mln gacha odam bo‘ladi. Biroq istalgan vaziyatda choralar ko‘riladi, Saudiya Arabistoniga tashlanishni to‘g‘ri deb hisoblamayman”, deb qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘an.
Avvalroq Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari o‘rinbosari Ali Shaxin Saudiya Arabistonini fojiaga olib kelgan mas'uliyatsizlikda ayblagan edi. “Mino vodiysidagi fojiani taqdir deb ayta olamizmi? Bu xavfsizlikni ta'minlashdagi mas'uliyatsizlikdir”, deb tanqid qilgan edi Shaxin.