Jamiyat | 18:25 / 26.09.2015
4996
2 daqiqa o‘qiladi

Jurnalist: “shapka” so‘raydigan xizmatchilarning ishi bolasiga uradi

Xizmat vazifasini suiiste'mol qiladigan, noqonuniy ishlarga yo‘l qo‘yadigan odamlarning bu ishlari oxir-oqibat farzandlariga kelib uradi hamda ularga allaqanday moddiy zarar bo‘lib yetadi, deb hisoblaydi “Oila davrasida” gazetasida e'lon qilingan maqola muallifi To‘xtaxon To‘ychiyeva.

“Darhaqiqat, “oylik maoshimdan tashqari tushum, choy pulim chiqib turibdi”, deya o‘z xizmat vazifasini suiiste'mol, odamlarni ovora-yu sarson qilib, tama bilan qo‘llariga qaraydigan va hatto ochiqchasiga “xizmat haqi”, “shapka”sini so‘rab olishni kanda qilmaydigan kishilarning ba'zan “Nega o‘g‘lim bunday bemehr, badxulq? Qizim nega bunchalar badfe'l va dardaman bo‘lib qoldi?”, degan yozg‘irishini eshitib qolamiz, - deb ta'kidlaydi u. – Ammo ular buning sababini chuqurroq o‘ylab ko‘rishmaydi. Aybni o‘zidan qidirishmaydi. Bir kun peshonasi devorga urilganda esa juda kech, umr o‘tgan, birovning haqi, xaromning kasofati o‘z hukmini o‘tkaza boshlaydi”.

Muallif so‘zlarini dalillash maqsadida eski manbalardan ibratli hikoyat keltirib o‘tadi.

“Topganimiz xayru barakali, umrimiz fayzli, farzandlarimiz esa mehr-oqibatli bo‘lishi uchun bugun pulni qayerdan topib, nimaga ishlatayotganimizga, bolalarimizga nima yedirayotganimizga bir nazar tashlash vaqti kelmadimikan?”, - xulosa qiladi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish