Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:09 / 26.09.2015
2609
1 daqiqa o‘qiladi
Londonda G‘arbiy Yevropadagi yirik masjidlardan birida yong‘in chiqdi
26 sentabrda Londonning janubiy qismidagi Baytul-Futuh masjidida yong‘in chiqdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in pastki sokol qavatining 50 foizga yaqinini qamrab olgan, shuningdek, yong‘in 1-qavatga ham o‘tgan. Yong‘inni o‘chirish uchun 70 nafar o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan.
London tez tibbiy yordami xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, tutundan dimiqib qolgan bir kishi shifoxonaga olib ketilgan.
Qutqaruvchilar yong‘inni “yirik” deb baholab, uni masjidning qolgan qismlariga o‘tib ketishining oldini olishga harakat qilishmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish