Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik grossmeyster Malayziyadagi musobaqada g‘alabaga erishishga da'vogarlik qilmoqda
Malayziyada bo‘lib o‘tayotgan xalqaro shaxmat festivalida standart shaxmatlar bo‘yicha 7 tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda “12th IGB Dato’ Arthur Tan Malaysian Open 2015” musobaqasida 7 ochkodan 6 ochko to‘plagan samarqandlik xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov yetakchilik qilmoqda.
Hindistonlik xalqaro grossmeyster P.Shayamnixil ham shuncha ochko to‘plagan, biroq kamroq qo‘shimcha ko‘rsatkichga ega. Hamyurtimiz 8-turda hindistonlik shaxmat ustasi bilan oq figuralar bilan o‘ynaydi.
magichess.uz saytining ma'lumotlariga ko‘ra, “6th KLK Tan Sri Lee Loy Seng Seniors Open 2015” faxriylar musobaqasida ham toshkentlik grossmeyster Dmitriy Qayumov yetakchilik qilmoqda. Hamyurtimiz hisobida mumkin bo‘lgan 7 ochkodan 6 ochko bor.
Musobaqalar 27 sentabrda yakunlanadi, yana 2 ta tur uchrashuvlari qoldi.