Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla Motors Niderlaniyada Yevropadagi birinchi zavodini ochdi
Niderlandiyaning Tilburg shahrida Tesla Motors avtomobilsozlik kompaniyasining Yevropadagi birinchi zavodi ochildi. Zavodning ochilish marosimida kompaniya rahbari Ilon Mask ishtirok etdi. Mask korxona Teslaning Yevropadagi savdolarining oshishiga yordam beradi, deb umid bildirdi, deb xabar bermoqda Financial Times nashri.
Kompaniyada zavod elektromobillar ishlab chiqarishni 5 yil ichida, ya'ni 2020 yilgacha butun dunyo bo‘ylab yarim millionga yetkazishga yordam beradi, deb umid bildirmoqdalar. Zavod haftasiga taxminan 450 ta mashina ishlab chiqaradi, bunda zavodning ishlab chiqarish quvvati haftasiga 1000 dona mashinani tashkil qiladi. Zavodda Model S sedanining turli modifikatsiyalari ishlab chiqariladi.
Zavod hududida 750 metrlik sinov treki mavjud bo‘lib, u turli sifatdagi qoplamaga ega yo‘llarni takrorlaydi. Trassada avtomobillarning shovqin va tebranish darajasi, avtonom holda haydash tizimi kabi jihatlari tekshiriladi.