Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya TIV: Suriyaning siyosiy kelajagida Asadga o‘rin yo‘q
Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabius Suriya prezidenti Bashar Asad siyosiy o‘tish o‘tkazilgandan keyin mamlakat hokimiyatida hech qanday rol o‘ynay olmaydi, deb aytdi.
“Asad joriy betartiblikka javobgar. Agar biz Suriya kelajagi Asad bilan bo‘ladi desak, unda o‘zimizni barbodlikka duchor qilgan bo‘lamiz”, deb aytdi Fabius.
Fabius Fransiya yaqin kunlarda O‘rta Sharqda Isroil va Falastin o‘rtasidagi tinchlik jarayonining qayta ko‘rib chiqilishini talab qilishini qo‘shimcha qildi. Fabius bu ikki davlat o‘rtasidagi joriy munosabatlarni saqlanishi faqatgina “IShID” terrorchilik guruhiga qo‘l kelishidan ogohlantirdi.