Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frantsuz samolyotlari IShIDning Suriyadagi mashg‘ulot bazalarini yo‘q qildi
Fransiya prezidenti Fransua Olland 6ta fransuz samolyoti tomonidan amalga oshirilgan havo hujumlari natijasida Suriya hududidagi IShID jangarilarning mashulot bazalari yo‘q qilingani haqida ma'lum qildi.
"Fransiya samolyotlari Suriyada mamlakatimiz xavfsizligiga tahdid solib turgan jangarilarning mashg‘ulot bazalariga zarba berdi va ularni yo‘q qildi", dedi Olland.
Uning qo‘shimcha qilishicha, kelgusida ham Fransiya jangarilar pozitsiyalariga zarbalar berishda davom etadi.
Aniqlik kiritilishicha, Fransiya tomonidan berilgan havo zarbalari Suriya sharqidagi Deyr-ez-Zor viloyati hududida amalga oshirilgan.
Biroz oldinroq, Fransiya ilk marta Suriyada IShIDga qarshi amaliyotlarga kirishgani xabar qilingandi.