Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada KXDRdan o‘tib kelgan 700 nafarga yaqin kishi qidirilmoqda
Janubiy Koreya hukumati KXDR fuqarolari bo‘lgan hamda o‘z hududiga qochib o‘tgan 688 kishining shaxsini va ayni vaqtda qayerda yashayotganini aniqlash uchun ish olib bormoqda. Bu haqda Koreya Respublikasi Birlashish ishlari vazirligi ma'lumotlariga asoslaniB, TASS nashri xabar bergan.
Taxmin qilinishicha, 664 nafar shimollik Janubiy Koreyadan ham chiqib ketgan va sayohatini boshqa yurtlarda davom ettirgan. Seuldagilarning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda Koreya Respublikasi hududida KXDRdan qochib kelgan 26 mingga yaqin kishi yashamoqda.
Shuningdek, janubdagi qamoqxonalarda 22 nafar shimollik qochqin o‘ziga belgilangan muddatni o‘tamoqda, yana 14 nafar shimollik o‘z yurtiga qaytib ketgan.
Agentlik ma'lumotlarida qayd etilishicha, shimollik qochqinlar janubda o‘zlarini qulay his qilishmaydi va doimiy ravishda mahalliy aholining tahqirlashlariga duch kelib turadi.