Jahon | 09:53 / 27.09.2015
1984
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada hukumati ilk marta terrorchilik uchun fuqarolikdan mahrum qilishga ijozat beruvchi qonunni qo‘lladi

Kanadada birinchi marta terrorchilik uchun sudlangan mamlakat fuqarolarini fuqarolikdan mahrum qilishga ijozat beruvchi qonun qo‘llandi, deb xabar bermoqda National Post nashri.

Bu qonun ta'siriga tushgan birinchi shaxs 2006 yilda Toronto markazida yuk mashinasini portlatgan terrorchilik guruhiga boshchilik qilgani uchun umrbod qamoq jazosiga tortilgan Amar Zakariyo bo‘ldi.

Kanada mudofaa vaziri Jyeyson Kenni hukumat Zakariyoning fuqaroligini bekor qilganini tasdiqladi va bu holat odamlarni Kanada hukumatining terrorchilikka qarshi kurashdagi niyatlari jiddiy ekanini anglashlariga majbur qilishiga umid bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish