Sport | 20:48 / 27.09.2015
1715
1 daqiqa o‘qiladi

Lyuis Xemilton Yaponiyadagi Gran-Prida g‘alaba qozondi

"Mersedes" jamoasi a'zosi Lyuis Xemilton "Formula-1" bo‘yicha Yaponiyada o‘tkazilgan Gran-Pri g‘olibiga aylandi. Bu orqali amaldagi jahon chempioni o‘zining mavsumdagi sakkizinchi g‘alabasiga erishdi.

Yaponiyadagi poygalarda ikkinchi o‘rinni Xemiltonning jamoadoshi, germaniyalik Niko Rosberg egalladi. Uchinichi o‘rin esa "Ferrari" vakili Sebastyan Fettelga nasib etdi.

27 sentabr kuni o‘tkazilgan yakuniy 14-bosqichdan keyin shaxsiy hisob bo‘yicha Xemilton 277 ochko bilan birinchi o‘rinda, Rosberg 229 ochko bilan ikkinchi o‘rinda, Sebastyan Fettel 218 ochko bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan.

Konstrukorlar bahsida esa "Mersedes" (506 ochko) yetakchilik qilmoqda, ikkinchi o‘rinda "Ferrari" (337), uchinchida esa "Uilyams" (208) jamoasi joylashgan. To‘rtinchi o‘rinda qolgan "Red Bull" jamoasi 139 ochko to‘plagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish