Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: BMT Bosh assambleyasida Kemeron Asadning zudlik bilan iste'foga ketishi talablaridan voz kechadi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron BMT Bosh assambleyasining 70-sessiyasidagi nutqi davomida Suriya prezidenti Bashar Asadning zudlik bilan iste'foga ketishi talablaridan voz kechmoqchi. Bu haqda hukumatdagi manbaga iqtibos keltirgan holda Sunday Telegraph nashri xabar berdi. Nashr bu qadamni Yaqin Sharqdagi mojaroni Britaniya tomonidan qabul qilinishidagi “keskin siljish” deb atadi.
Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, endilikda London Suriya yetakchisiga “muvaqqat davrda” o‘z lavozimida qolishiga qarshilik ko‘rsatmaydi. “Kemeron milliy kelishuv hukumati shakllanishi paytida Asadning qisqa muddatli istiqbolda prezident bo‘lib qolishiga qarshi emas”.
Sunday Telegraph’ning ta'kidlashicha, Londonning o‘z fikrini o‘zgartirishini G‘arb tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy tahdid sharoitida Asadni qurol-aslaha yetkazib berish bilan qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini “aniq ifodalagan” Rossiya prezidenti Vladimir Putinning g‘alabasi deb qarash mumkin.
“Asadga bir ozga bo‘lsa ham hokimiyat tepasida qolishga imkon berib, Buyuk Britaniya va AQSh Kremlning asoiy talabini bajarishmoqda. Bu Rossiya va G‘arbning “IShID”ga qarshi kurashida hamkorlik qilishga yo‘l ochadi”, deb yozilmoqda nashrda.