Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olma-otada bolalar olma yeyish bo‘yicha rekord o‘rnatishdi
Olma-ota shahrida bolalar uchun "Aman keleshek" nomi ostidagi Ikkinchi inklyuziv madaniy sport festivali o‘tkazildi. Bu festival Qozoiston respublikasining birinchi prezidenti qoshidagi jamg‘arma tomonidan tashkil etildi.
Ushbu marosimda qatnashgan 3,5 mingdan ortiq bolalar orasida maktab o‘quvchilari, bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va kam ta'minlangan oilalarning farzandlari hamda internetlar o‘quvchilari bor edi.
"Bu festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad bolalarni kasbga yo‘naltirish hisoblanadi. Bu yerda respublikaning turli tomonlaridan kelgan bolalar uchun turli master-klasslar o‘tkazildi, turli sohalarga oid musobaqalar tashkil qilindi. Festivalda shuningdek, sog‘lom hayot targ‘iboti o‘tkazildi", deydi jamharma vakili Aliya Kadirova.
"Sog‘lom ruh - sog‘lom kelajak" shiori ostidagi festivalda 11 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishdi.
Ushbu festival doirasidagi tadbirlardan birida o‘ziga xos rekord o‘rnatilgan. Festival ishtirokchilari bir vaqtning o‘zida maydonga chiqishdi va 3,5 ming dona olmani iste'mol qilishdi. Bu natija Qozog‘istonning milliy rekordlar kitobi KINESda rekord sifatida qayd etildi.