Jahon | 12:13 / 27.09.2015
4147
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni TIV Erondan Mino vodiysidagi fojiadan siyosiy maqsadlarida foydalanmaslikni so‘radi

"Eron Mino vodiysida yuz bergan fojiadan o‘zining siyosiy maqsadlarida foydalanmasligi kerak", deydi Saudiya Arabistoni TIV rahbari Odil Ol Jubayr.

U Eron tomonini haj marosimini ado etishchog‘ida halok bo‘lgan ziyoratchilarni siyosiy masalalarga aralashtirmaslikni so‘ragan.

"Men umid qilamanki, Eron rahbarlari bu noxush hodisa bo‘yicha tekshiruvlarning natijasini kutishadi", deydi Ol Jubayr.

Biroz oldinroq, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy BMT haj ziyoratchilarining halok bo‘lishini tergov qilishda Saudiya Arabistoniga bosim o‘tkazishi kerakligini aytib o‘tgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish