Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada muhojirlarni qabul qilish nuqtasida yong‘in sodir bo‘ldi
Shveytsariyaning Sankt-Gallen kantonida 24 nafar muhojir uchun mo‘ljallangan maxsus boshpana yong‘in tufayli vayron bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAVlar asosida Reyter xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, yong‘in chiqqan vaqtda bino ichida 14 nafar muhojir bo‘lgan. Ular o‘z vaqtida qutqarib olingan. 2 soat davom etgan yong‘inni o‘chirish jarayonida 70 nafarga yaqin o‘t o‘chiruvchi ish olib borgan.
Hozircha yong‘in sabablari aniqlanmagan. Mahalliy hokimiyat vakillari ham bu voqeaga rasman izoh berishganicha yo‘q.
Shveytsariya Konfederatsiyasi Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lmasa-da, 18 sentabr kuni o‘z hududiga 1,5 ming nafar muhojirni qabul qilishga tayyorligini ma'lum qilgandi. YeI o‘z hududidagi davlatlarga 40 ming nafar muhojirni taqsimlash bo‘yicha qaror qabul qilgan.