Jahon | 19:39 / 27.09.2015
2088
1 daqiqa o‘qiladi

«Transaero» aviareyslari Domodedovo aeroportidan Vnukovo aeroportiga ko‘chiriladi

«Transaero» aviakompaniyasi shu yilning 25 oktabr kunidan boshlab o‘z aviareyslarini Domodedovo o‘rniga Vnukovo aeroportidan amalga oshira boshlaydi. Bu haqda aviatashuvchi kompaniyaning bosh direktori Dmitriy Saprikinga asoslanib, Interfaks xabar bergan.

Tegishli hujjatda qayd etilishicha, 2015 yilning 25 oktabridan boshlab "Transaero"ning barcha reyslari faqat Vnukovo aeroportidan uchadi va faqat shu aeroportga qo‘nadi.

Biroz oldinroq, «Transaero» aviaparkda ishchilar sonini qisqartirishi haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, 25 oktabr kunidan boshlab Ukraina tomonidan Rossiyaning «Aeroflota» va «Transaero» aviakompaniyalariga nisbatan joriy qilgan sanksiyalari kuchga kiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish