Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada iste'mol inflyatsiyasi tezlashdi
Yaponiyada asosiy iste'mol narxlari indeksi 2 yil avval Markaziy bankning keng ko‘lamli rag‘batlantirish dasturi joriy qilinganidan beri ilk marta pasaydi. Shu sababli inflyatsiya mo‘ljaldagi 2 foizlik darajada saqlanib qolinadimi, yo‘qmi degan xavotir paydo bo‘ldi.
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, o‘z ichiga neft bahosini ham oluvchi, lekin oziq-ovqat mahsulotlarining o‘zgaruvchan narx-navosini inkor qiluvchi asosiy iste'mol narxlari indeksi avgust oyida o‘tgan yildagiga nisbatan 0,1 foizga pasaygan.
Energiya va oziq-ovqatning o‘zgaruvchan narxlarini hisobga olmaganda, iste'mol inflyatsiyasi avgust oyida iyuldagi 0,6 foizdan 0,8 foizga tezlashgan. Umumiy hisobda 339 turdagi mahsulotning bahosi ko‘tarilgan. Bir paytning o‘zida 131 nomdagi mahsulotlar narxi pasaygan. Sababi iste'molchilar guruch pishirgich, mehmonxona haqi va hatto shokolad kabi mahsulotlar uchun ko‘proq pul to‘lashgan.
Ayrim tahlilchilar ushbu tendensiya joriy chorakda kuchayishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. Bunga Xitoy iqtisodiyotining sekinlashgani bilan bog‘iq xavotirlar sababdir. Shuningdek, tahlilchilar “Yaponiya banki xavf ostida va zudlik bilan chora ko‘rish zarur” deb hisoblashmoqda.