Jamiyat | 16:14 / 28.09.2015
4714
1 daqiqa o‘qiladi

Astanada to‘y korteji yo‘lda harakatlanish qoidalarini jiddiy ravishda buzgani aniqlandi

Qozog‘istonda yo‘l harakati qoidalariga umuman amal qilmagan mashinalar guruhi mobil kameralarning e'tiboriga tushgan.

To‘y marosimidagi o‘ziga xos mashina sayri odati paytida bir qator astanalik yoshlar yo‘l harakatini buzgan holda harakat qilishgan. Ulardan biri, ya'ni yo‘l boshlovchi “yo‘lni tozalash” maqsadida mumkin bo‘lmagan yo‘l chiziqlarini bosgan holda ilon izi ko‘rinishi harakat qilgani tasvirlangan. Mashina hattoki qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab ham harakat qilgan.

Hozirda huquq-tartibot idoralari mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yuborishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish