Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Somali va Janubiy Sudanga tinchlikparvar kuchlarni yuboradi
Buyuk Britaniya Somali hududida harakat olib boruvchi "Al-Shabob" jangarilariga qarshi kurashish uchun o‘z tinchlikparvar kontingentini yuboradi. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron o‘zining Nyu-York shahridagi vaqtinchalik qarorgohida o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida ma'lum qilgan.
Britaniyalik harbiylar jangarilarga qarshi Afrika Ittifoqi askarlariga tibbiy va texnik ishlarda ko‘mak ko‘rsatadi. Vazirning ma'lum qilishicha, qirollik askarlari harbiy amaliyotlarda ishtirok etmaydi.
Shuningdek, Buyuk Britaniya Janubiy Sudanga ham harbiy kontingent jo‘natishi ma'lum qilingan. Bu hududda ham millionlab kishilar fuqarolik urushi tufayli uysiz va ta'minotsiz qodishgan. Britaniyaliklar Janubiy Sudanda infratuzilmalarni tiklash maqsadida qurilish ishlarini olib borishadi va mahalliy politsiyani tayyorlaydi.
"Buyuk Britaniya ko‘p yillardan buyon tinchlikparvar harakatlarni qo‘llab-quvvatlab keladi. Biz o‘z tajribalarimizni Afrikada amalda qo‘llashga qaror qildik", deydi Kemeron.