Jamiyat | 10:33 / 28.09.2015
6170
1 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti Asadsiz Suriyani “terrorchilar uchun jannat” deb atadi

Jahon hamjamiyati Suriya prezidenti Bashar Asad o‘z lavozimida qolishi kerak, degan qarorga keldi. Aks holda bu davlat terrorchilar uchun jannatga aylanadi. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“O‘ylashimcha, bugungi kunda Asad hokimiyat oldida qolishi lozimligi haqidagi fikrga hamma qo‘shiladi. Shu tariqa biz terrorchilarga qarshilik ko‘rsata olamiz. Amaldagi hokimiyatni mustahkamlashdan boshqa yo‘li yo‘q”, - dedi u.

Uning ta'kidlashicha, terrorchi guruhlar, birinchi galda IShIDga qarshi kurash butun dunyo uchun eng ustuvor yo‘nalish bo‘lishi lozim.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish