Jahon | 09:49 / 28.09.2015
2992
1 daqiqa o‘qiladi

Hasan Ruhoniy: Barcha Asadning Suriya hokimiyatida qolishiga rozi

Dunyoning yetakchi mamlakatlari prezidentlari Suriya prezidenti Bashar Asadning o‘z lavozimida qolishi bo‘yicha bir to‘xtamga kelishdi. Bu haqda Eron rahbari Hasan Ruhoniy ma'lum qilgan, deb yozadi RIA «Novosti».

«O‘ylashimcha bugun barcha Bashar Asadning o‘z lavozimida qolishini istaydi. Terrorchilikka qarshi kurash uchun bu juda zarur», — deya gapirib o‘tgan Ruhoniy CNN telekanaliga bergan intervyusi chog‘ida.

Oldinroq, Ruhoniy IShID jangarilariga qarshi kurashda barcha davlatlar birlashib kurashishi zarurligini ta'kidlab o‘tgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish