Sport | 09:19 / 28.09.2015
1974
2 daqiqa o‘qiladi

«Inter» mavsumda ilk marta mag‘lubiyatga uchradi

27 sentabr oqshomida Italiya A seriyasining 6-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Ushbu turning markaziy uchrashuvi sifatida baholangan "Inter" va "Fiorentina" jamoalari bahsida mehmonlar 4:1 hisobida g‘alaba qilib ketishdi.

O‘yinda "Fiorentina" tarkibida Kalinich uchta gol urib, xet-trik qayd etdi. Ilichich esa o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Mezmonlar tarkibidagi Ikardi bitta goli bilan javob qaytardi. Bu mag‘lubiyat tufayli Roberto Manchini shogirdlari turnir jadvalidagi peshqadamlikni "Fiorentina"ga boy berdi.

Qolaversa, mazkur mag‘lubiyat "Inter" uchun bu mavsumdagi dastlabkisi bo‘ldi. Milanliklar bundan oldingi 5ta o‘yinda ketma-ket g‘alabalar qayd etgan, «Atalanta» (1:0), «Karpi» (2:1), «Milan» (1:0), «Kevo» (1:0) hamda «Verona» (1:0) mag‘lubiyatga uchratilib, Xandanovich 5ta o‘yinda atigi bitta gol o‘tkazib yuborgandi.
Keyingi turda "nerazzurilar" safarda "Sampdoriya"ga qarshi o‘ynaydi.
Inter – Fiorentina 1:4 (0:3, 1:1)
Gollar: 0:1 – 4, penalti Ilichich, 0:2 – 18 Kalinich, 0:3 – 23 Kalinich, 1:3 – 60 Ikardi, 1:4 – 76 Kalinich.
Inter – Xandanovich, Santon, Miranda, Medel, Perishich (Biabiani, 61), Guarin (Brozovich, 77), Melo, Kondogbia (Ranokkiya, 46), Ikardi, Telles, Palasio.
Fiorentina – Teterushanu, Ronkalya (Jilberto Junior, 75), Rodriges, Astori, Alonso, Badel (Fernandes, 82), Vesino, Blashchikovski (Tomovich, 69), Ilichich, Valero, Kalinich.
Ogohlantirishlar: Xandanovich (3), Kondogbia (40), Guarin (43), Kalinich (69), Medel (81), Alonso (90).
Chetlatish: Miranda (31).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish