Jahon | 01:25 / 28.09.2015
7042
1 daqiqa o‘qiladi

Kataloniyada mahalliy saylovlarda Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari g‘alaba qildi

Kataloniyada mahalliy parlamentga saylovlarda Kataloniyaning Ispaniyadan mustaqil bo‘lishi tarafdorlari g‘alaba qozonishdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi dastlabki hisob-kitoblarga tayangan holda ma'lum qildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Kataloniya prezidenti Artur Mas boshchilik qilayotgan “Junts pel Si” (“Mustaqillik uchun birga”) bloki parlamentdagi 135ta o‘rindan 63-66ta o‘rin oladi. Shuningdek, Kataloniyaning mustaqil bo‘lishini istayotgan “Xalq birdamligi nomzodlari” so‘l partiyasi 11-13 o‘rin oladi. 

Kataloniya mustaqilligini istayotgan partiyalar 135 o‘rinlik parlamentda 68ta o‘rin olishga umid bildirmoqdalar. Bunday natija ularga “Kataloniyaning mustaqilligiga erishish jarayonini” ishga tushirish, ya'ni yangi hukumat tuzib, qonunchilikni o‘zgartirishga imkon beradi. Ayirmachilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Kataloniya 18 oydan keyinoq mustaqil davlatga aylanishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish