Jahon | 08:14 / 28.09.2015
4443
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko: Ukrainadagi urush to‘xtatilmasa, butun dunyo tang ahvolga tushadi

Agar Ukrainadagi nizolar to‘xtatilmasa, “unda butun dunyo tang ahvolga tushadi”, deb aytdi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko.

“Ukraina inqirozi.. agar Yevropada qon to‘kilishini, qon-qardoshlar o‘rtasidagi xunrezlikni to‘xtatmasak, bu mojaroning avj olishiga yo‘l bersak, unda butun dunyoga qiyin bo‘ladi”, deb aytdi Lukashenko BMTning global rivojlanish sammitidagi nutqi davomida.

Lukashenko Ukrainadagi vaziyat hal qilinmasa, unda “odamzod global mojaroga, ehtimol madaniy va ilg‘or dunyo markazida yangi jahon urushiga bir qadam qo‘yishi mumkin”, deb ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish