Jahon | 15:55 / 28.09.2015
1768
1 daqiqa o‘qiladi

Nepal yonilg‘i tanqisligi sababli mamlakatda avtomobillar harakatini chekladi

Nepal hukumati yakshanba, 27 sentabr kunidan mamlakatda yonilg‘i tanqisligi vujudga kelishi ehtimoli mavjudligi sababli avtomobillar harakatida cheklovlar joriy etdi, deya xabar bermoqda NDTV.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, yonilg‘i yetkazib berish bilan bog‘liq muammo 24 sentabr kuni namoyishchilar yangi konstitutsiya qabul qilingani munosabati bilan mamlakatni Hindiston bilan bog‘lovchi asosiy yo‘llarni to‘sib qo‘ygani sababli vujudga kelgan.

Nepal hukumati avtomobil egalariga mashina davlat raqamlarining so‘nggi raqamiga mos ravishda haftaning juft yoki toq kunlarida harakatlanishga ruxsat berdi.

Shu bilan birga, mamlakat hukumati Nepalga parvozlarni amalga oshirayotgan xalqaro aviakompaniyalarga o‘z shaxsiy yonilg‘i zaxiralarini jamlab olish lozimligi, 28 sentabrdan hukumat ularni yonilg‘i bilan barqaror ta'minlashga kafolat bermasligi haqida ogohlantirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish