Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:06 / 28.09.2015
8778
1 daqiqa o‘qiladi
Obama Bashar Asadni mustabid deb atadi
AQSh prezidenti Barak Obama BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasidagi chiqishini boshladi.
U o‘z nutqida Suriyadagi vaziyatga ham to‘xtaldi va bu mamlakat rahbari Bashar Asadni zolim va mustabid hukmdor sifatida nomladi.
"Ba'zilar BMTning o‘z ideallaridan voz kechishini istamoqda. Ular tashkilotning murosa qilish yo‘liga o‘tishini istashmoqda. Bunday mantiqqa ega kishilarning falsafasiga ko‘ra biz Suriyada o‘z xalqini bombalagan, ayollar va bolalarni o‘ldirgan mustabid Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak bo‘ladi", deydi Obama.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish